Bugun
15
O'zbek

La Liga. Yamal gol urib, jarohat olgan bahsda "Barsa" "Selta"ni mag'lub etdi (videosharh)

Futbol
22 aprel, 18:00
Kataloniya klubi "Real" bilan farqni yana 9 ochkoga yetkazdi.
La Liga. Yamal gol urib, jarohat olgan bahsda "Barsa" "Selta"ni mag'lub etdi (videosharh)
Foto: Getty Images
22.04.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 1 : 0 Selta Vigo Selta Vigo

Ispaniya chempionatining 33-turida peshqadam "Barselona" o'z uyida "Selta"ni Yamalning penaltidan kiritgan to'pi evaziga mag'lubiyatga uchratdi.

Eʼtiborlisi, kataloniyaliklalar yulduzi gol urish vaqtida jarohat oldi va almashtirildi. Shuningdek, himoyachi Kanselu ham jarohatlandi.

Flik jamoasi ochkolarini 82 taga yetkazdi va 2-o'rindagi "Real"ni yana 9 ochkoga ortda qoldirmoqda. Vigo klubi esa 44 ochko bilan 6-pog'onada qoldi.

La Liga. 33-tur
Barselona — Selta 1:0
22 aprel, "Kamp Nou"
Gol: Yamal (40, penalti)
Barselona — Joan Garsiya, Kunde, Kubarsi, Martin, Kanselu (Balde, 23), Pedri, Erik Garsiya, Yamal (Bardakchi, 45+9), Olmo (de Yong, 73), Gavi (Fermin, 46), Torres (Reshford, 73).
Selta — Radu, Rodrigez, Lago (Mingesa, 63), Alonson, Rueda, Lopes (Aspas, 81), Moriba, Karreyra, Dyuran (Iglesias, 73), Yutgla (Sotelo, 81), Alvares (Svedberg, 63).
Ogohlantirishlar: Lago (49), Erik Garsiya (90+2).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Selta Vigo Selta Vigo
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar