«Barselona» rasmiylari Lamin Yamalning jarohati haqida ma’lumot berdi. Klub xabariga ko‘ra, 18 yoshli vinger «Selta»ga qarshi bahsda (1:0) olgan jarohati sabab mavsum yakuniga qadar maydonga tusha olmaydi.
Qayd etilishicha, futbolchida chap oyoq son orqa mushaklari jarohati aniqlangan. U konservativ usulda davolanadi va ushbu mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
Shu bilan birga, klub Yamalning tiklanish jarayoni ijobiy kechishi kutilayotganini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u 2026 yilgi Jahon chempionatiga qadar safga qaytishi mumkin.