«Barselona»ning sobiq himoyachisi Samyuel Umtiti Madridning «Real» klubi inqirozi haqida fikr bildirdi.
Fransiyalik sobiq futbolchi madridliklarning sovrinsiz mavsum o‘tkazayotganini jamoadagi muhit bilan bog‘ladi.
«Menimcha, u yerda jamoaviy ruh yo‘q. Har kim o‘zi xohlagandek o‘ynaydi, kerak deb bilgan ishini qiladi. O‘zaro qo‘llab-quvvatlash yetishmaydi», — dedi Umtiti.
Eslatib o‘tamiz, Samyuel Umtiti 2016 yildan 2023 yilgacha «Barselona» safida to‘p tepgan. Himoyachi faoliyatining katta qismini jarohatlar sabab maydondan tashqarida o‘tkazgan edi.