Madridning «Real» klubi sobiq yarimhimoyachisi Uesli Sneyder «Barselona»ning La Ligadagi chempionlik bayrami haqida keskin fikr bildirdi.
«Bu klub 10 yildan buyon Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lolmayapti, Yevropada muntazam muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, ammo La Ligadagi g‘alabalarni yana futbolni zabt etgandek nishonlaydi.
«Barselona» muxlislarining 18 yoshli futbolchini mamlakat chempionliklari soni bo‘yicha Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslashi ko‘p narsani anglatadi. Bu klub standartlari qanchalik tushib ketganini ko‘rsatadi.
Krishtianu Ronaldu qariyb 20 yil davomida Angliya, Ispaniya, Italiya va Yevropada hukmronlik qildi. «Barselona» muxlislari tarixdagi eng buyuk futbolchilardan birini mazax qilishdan oldin Chempionlar ligasida keyingi bosqichlardan o‘tish haqida ko‘proq qayg‘urishi kerak», — dedi Sneyder.
Eslatib o’tamiz, 10 may kuni bo‘lib o‘tgan «El Klasiko»da «Barselona» «Real»ni 2:0 hisobida mag’lub etib, muddatidan oldin La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi.