Madridning «Real» klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos «Barselona»ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
La Liga 35-turidan o‘rin olgan «El Klasiko»da «qaymoqranglilar» safarda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu g‘alabadan keyin «Barselona» tarixda ilk bor aynan klasikoda muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi.
«Menda hech qachon bunchalik kam umid bo‘lmagan. Men shunchaki o‘yin tugaganidan xursand bo‘ldim. Hech qachon «Barselona»ning g‘alabasiga bunchalik ishonmaganman. Hatto ular kuchliroq bo‘lgan mavsumlarda ham», — dedi Kroos.
Ayni paytda «Real» La Liga turnir jadvalida 74 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Barselona» esa uch tur qolganida raqibidan 14 ochko oldinda ketmoqda.