Bugun
9
O'zbek

Honda Yaponiya milliy jamoasini boshqarishga tayyorligini bildirdi

Futbol
2 iyul, 03:20
Yaponiyalik sobiq futbolchi bir yilga oʻzini bosh murabbiy sifatida sinab koʻrishlarini taklif qildi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Honda Yaponiya milliy jamoasini boshqarishga tayyorligini bildirdi
Foto: Getty Images

Yaponiya milliy jamoasi sobiq futbolchisi Keysuke Honda milliy jamoa bosh murabbiyi Hajime Moriyasuga shartnomani yana bir yilga uzaytirish taklif qilingani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

«Bu masalada fikrlar turlicha boʻlishi mumkin, ammo men ham oʻz munosabatimni bildirmoqchiman.

Moriyasuga shartnomani bir yilga uzaytirish taklif qilingani haqidagi xabarni koʻrdim. Agar bu faqat munosib nomzod topilmayotgani uchun vaqtinchalik qaror boʻlsa, unda bir yilga meni sinab koʻring.

Agar Osiyo kubogida magʻlub boʻlsak, hech qanday bahonasiz meni ishdan boʻshating. Men bu chaqiruvni qabul qilishga tayyorman», — deb yozdi Keysuke X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.

Ma'lumot uchun, Yaponiya milliy jamoasi 2026 yildagi jahon chempionati 1/16 final bosqichida Braziliyaga 1:2 hisobida magʻlub boʻlib, musobaqa bilan xayrlashgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yaponiya Yaponiya
Bugungi yangiliklar