Live
1
O'zbek

Saloh «Liverpul» safida boshqa maydonga tushmasligi mumkin

Futbol
25 aprel, 13:02
Hujumchi jarohat sabab mavsumni erta yakunlashi ehtimoli bor.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Saloh «Liverpul» safida boshqa maydonga tushmasligi mumkin
Foto: Getty Images
25.04.2026 FT Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul 3 : 1 Kristal Pelas Kristal Pelas

APLning 34-turida «Liverpul» «Kristal Pelas»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda Muhammad Saloh ikkinchi bo‘limda jarohat sabab almashtirildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchida mushak bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgan. Shu sababli uning joriy mavsum yakunigacha maydonga tushmasligi ehtimoli bor.

Qayd etish joiz, APL mavsumi yakuniga qadar «Liverpul» yana to‘rtta bahs o‘tkazadi — «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Aston Villa» va «Brentford»ga qarshi.

Ma’lumot uchun, mavsum tugagach Saloh «Liverpul»ni tark etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Kristal Pelas Kristal Pelas
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar