Bugun
9
O'zbek

Peres «Barselona»ga qarshi «El Klasiko»ni o‘tkazib yuborishi mumkin

Futbol
5 may, 13:11
«Real» prezidenti Kataloniyadagi hal qiluvchi bahsga bormasligi kutilmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Peres «Barselona»ga qarshi «El Klasiko»ni o‘tkazib yuborishi mumkin
Foto: Getty Images
10.05.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 2 : 0 Real Madrid Real Madrid

«Real» prezidenti Florentino Peres La Liga 35-turi doirasidagi «Barselona»ga qarshi safar bahsini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Bu haqda El Chiringuito TV dasturi boshlovchisi Xosep Pedrerol o‘z efirida ma’lum qildi. Uning aytishicha, 79 yoshli klub rahbari Barselonaga safar qilmoqchi emas va «Kamp Nou»da bo‘ladigan bahsni stadiondan tomosha qilmaydi.

Ma’lumot uchun, 10 may kuni bo‘lib o‘tadigan klassikoda «Barselona»ga durang natija ham yetarli bo‘ladi — bu holatda kataloniyaliklar muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtiradi. Hozirda jamoalar o‘rtasidagi farq 11 ochkoni tashkil etmoqda va mavsum yakuniga 4 tur qolgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar