Live
2
O'zbek

Mbappe «El Klasiko»da o‘ynash uchun alohida shug‘ullanmoqda

Futbol
5 may, 08:42
Yulduz futbolchi tiklanishni tezlashtirishga harakat qilmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Mbappe «El Klasiko»da o‘ynash uchun alohida shug‘ullanmoqda
Foto: Getty Images
10.05.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 2 : 0 Real Madrid Real Madrid

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe jarohatdan tiklanish jarayonini tezlashtirish uchun individual mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

As xabariga ko‘ra, jamoaga dam berilgan kunda ham fransiyalik futbolchi bazaga kelib, fizioterapevtlar va reabilitatsiya mutaxassislari bilan ishlagan. U o‘tgan hafta ham shunday tartibda alohida mashg‘ulot o‘tkazgandi.

Mbappening asosiy maqsadi — yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «El Klasiko»da maydonga tushish.

Qayd etilishicha, futbolchining bahsda ishtirok etishi borasidagi yakuniy qaror chorshanba kuni o‘tkaziladigan MRT tekshiruvlaridan so‘ng qabul qilinadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar