Bugun
11
O'zbek

«Manchester Siti» Foden bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi

Futbol
5 may, 07:25
Yarimhimoyachi klubda uzoq muddat qoladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Manchester Siti» Foden bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi
Foto: goal.com

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Fil Foden bilan yangi shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yangi bitim 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Foden «Manchester Siti» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 25 yoshli futbolchi ushbu mavsumda barcha turnirlarda 46 ta bahsda maydonga tushib, 10 gol va 5 assist qayd etgan.

Transfermarkt portali ingliz futbolchisining bozor qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.

Ayni paytda «Manchester Siti» APL turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda va yetakchi «Arsenal»dan 5 ochkoga ortda qolmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar