«Liverpul» Muhammad Salohning jarohati yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Klub bayonotiga ko‘ra, misrlik hujumchi jiddiy jarohat olmagan va mavsum yakuniga qadar maydonga qaytishi kutilmoqda. Muhammad Saloh mavsum tugashidan oldin yana o‘ynashi kutilmoqda. Uning jarohati yengil mushak shikastlanishi sifatida baholandi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli futbolchi «Kristal Pelas»ga qarshi bahsda (3:1) jarohat olib, maydonni 59-daqiqada tark etgandi. U tribunalarni olqishlab maydonni tark etgani sabab muxlislar bu uning «Enfild»dagi so‘nggi o‘yini bo‘lishi mumkinligidan xavotirga tushgandi.
Qayd etilishicha, Saloh yaqin o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi mumkin, biroq mavsum yakunidagi bahslarga tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, hujumchi yozda «Liverpul»ni tark etadi va erkin agentga aylanadi.