Live
1
O'zbek

La Liga. Yamalsiz «Barselona» safarda «Xetafe»ni mag‘lub etib, peshqadamlikni mustahkamladi (Videosharh)

Futbol
25 aprel, 12:13
Kataloniyaliklar ishonchli g‘alabaga erishdi.
La Liga. Yamalsiz «Barselona» safarda «Xetafe»ni mag‘lub etib, peshqadamlikni mustahkamladi (Videosharh)
Foto: Getty Images
25.04.2026 FT Ispaniya La Ligasi Xetafe Xetafe 0 : 2 Barselona Barselona

La Liganing 32-turida «Barselona» safarda «Xetafe» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuv «Koliseum» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvdagi hisob 45-daqiqada Fermin Lopes tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Markus Reshford 74-daqiqada yana bir gol urib, yakuniy natijani rasmiylashtirdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Barselona» 85 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. «Xetafe» esa 44 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi.

La Liga. 32-tur
Xetafe – Barselona 0:2
Gollar: Lopes 45, Reshford 74

Xetafe: Soriya, Boselli (Femenia, 46), Duarte, Dyene (Abkar, 76), Iglesias, Davinchi (Sankris, 76), Birmancevich (Vaskes, 46), Milya, Arambarri (Kamara, 81), Martin, Satriano.
Barselona: Garsiya, Kunde (Reshford, 60), Kubarsi, Martin, Kanselu, Gavi (de Yong, 60), Pedri, Bardji (Arauho, 60), Olmo, Fermin Lopes (Balde, 82), Levandovski.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xetafe Xetafe
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar