Live
1
O'zbek

«Barselona» «Real» bilan farqni 11 ochkoga yetkazdi

Futbol
25 aprel, 12:25
Kataloniyaliklar chempionlik sari yaqinlashmoqda.
«Barselona» «Real» bilan farqni 11 ochkoga yetkazdi
Foto: Getty Images
25.04.2026 FT Ispaniya La Ligasi Xetafe Xetafe 0 : 2 Barselona Barselona

La Liganing 32-turida «Barselona» safarda «Xetafe»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va turnir jadvalidagi ustunligini yanada mustahkamladi.

Mazkur natijadan so‘ng «Barselona» 85 ochkoga yetdi va eng yaqin ta’qibchisi «Real»dan 11 ochkoga uzoqlashdi. Madridliklar ushbu turda «Betis» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.

Shu tariqa, chempionat yakuniga 5 tur qolgan bir paytda kataloniyaliklar peshqadamlikni mustahkam ushlab turibdi.

Kataloniya klubi 11-may kuni bo'lib o'tadigan «Real»ga qarshi 35-tur bahsida chempionlikni muddatidan avval nishonlashi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xetafe Xetafe
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar