Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman JCH-2026 guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Shvetsiyaga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, skandinaviyaliklar bilan o‘yin juda murakkab kechadi.
«Vaziyatlar yaratish va bo‘sh hududlar topish qiyin bo‘ladi. Menimcha, Shvetsiyaning eng katta kuchi — to‘pni himoyada olib qo‘yib, darhol tezkor qarshi hujumga o‘tishidir», — dedi Kuman.
Murabbiy Niderlandiya futbolidagi bosim va muxlislarning kutayotgan natijalari haqida ham gapirdi.
«Biz kichik mamlakat bo‘lsak ham, hanuz katta futbol davlatimiz. Barchamiz bundan faxrlanamiz. Yirik turnirlar vaqtida butun mamlakat jamoasi atrofida birlashadi va biz ulkan qo‘llab-quvvatlovni his qilamiz.
Ba'zi qarorlarim muxlislarga yoqmagan bo‘lishi mumkin. Buning uchun mas'uliyatni o‘zim zim-mamga olaman va tanqidlarni qabul qilaman. Niderlandiyada doim bosim bo‘lgan. Futbolchi bo‘lgan paytimda ham shunday edi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Kuman Yaponiyaga qarshi 2:2 hisobidagi durangdan keyin jamoa g‘alabaga muhtoj ekanini ham ta’kidladi.
«Biz kichik mamlakatmiz, ammo jahon chempioni bo‘lishni xohlaymiz. Bizda kuchli jamoa bor. Yaponiya bilan durangdan keyin bizga uch ochko kerak», — dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, F guruhi 1-turida Niderlandiya Yaponiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, Shvetsiya Tunisni 5:1 hisobida mag‘lub etgandi.