«Bavariya» forvardi Harri Keyn Germaniya Bundesligasi 34-turida «Kyoln»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi.
Ushbu gollardan so‘ng angliyalik hujumchi Bundesligadagi gollari sonini 35 taga yetkazdi va «Oltin butsa» poygasidagi yetakchiligini yanada mustahkamladi.
Bundesliga koeffitsiyenti 2 ga teng bo‘lgani sabab Keyn hisobida ayni paytda 70 ochko mavjud.
Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand 26 gol va 52 ochko bilan joylashgan.
Uchinchi pog‘onani esa Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe egallab turibdi. Fransiyalik futbolchi hisobida 24 gol va 48 ochko bor.