Bugun
17
O'zbek

Keyn Bundesligadagi gollari sonini 36 taga yetkazdi

Futbol
16 may, 11:20
«Bavariya» hujumchisi «Oltin butsa» poygasida ta’qibchilaridan yanada uzoqlashib ketdi.
Keyn Bundesligadagi gollari sonini 36 taga yetkazdi
Foto: Getty Images
16.05.2026 FT Bundesliga Germaniya Bavariya Bavariya 5 : 1 Kyoln Kyoln

«Bavariya» forvardi Harri Keyn Germaniya Bundesligasi 34-turida «Kyoln»ga qarshi bahsda xet-trik qayd etdi.

Angliyalik hujumchi ushbu uchrashuvdagi gollari orqali Bundesligadagi mavsumiy hisobini 36 taga yetkazdi va «Oltin butsa» poygasidagi yetakchiligini yanada mustahkamladi.

Bundesliga koeffitsiyenti 2 ga teng bo‘lgani sabab Keyn ayni paytda 72 ochko jamg‘argan.

Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand hisobida 26 gol va 52 ochko mavjud.

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe esa 24 gol va 48 ochko bilan uchinchi pog‘onani egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Kyoln Kyoln
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar