«Bavariya» forvardi Harri Keyn Bundesliga mavsumining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi, biroq Robert Levandovskining rekordini yangilay olmadi.
Mavsum davomida sermahsul o‘yin namoyish etgan angliyalik hujumchi bir paytlar polshalik afsonaning rekordiga yaqinlashishi mumkindek ko‘ringandi.
Eslatib o‘tamiz, Levandovski Bundesliganing bir mavsumida 41 ta gol urish rekordiga ega.
So‘nggi tur oldidan Keyn hisobida 33 ta gol bor edi. «Kyoln»ga qarshi bahsda xet-trik qayd etgan forvard mavsumiy gollari sonini 36 taga yetkazdi.
Shu tariqa, unga rekordni takrorlash uchun 5 ta gol yetmay qoldi.
Biroq Keyn baribir Bundesliga to‘purarlar poygasida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Ikkinchi o‘rinni «Shtutgart» hujumchisi Deniz Undav egalladi. Germaniyalik futbolchi mavsum davomida 19 ta gol urdi.