Bugun
17
O'zbek

«Bavariya» Bundesliga tarixidagi yangi rekordni o‘rnatdi

Futbol
16 may, 13:11
Myunxenliklar top-5 ligalarda ham 1947/48 yilgi natijadan buyon eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi.
«Bavariya» Bundesliga tarixidagi yangi rekordni o‘rnatdi
Foto: Getty Images
16.05.2026 FT Bundesliga Germaniya Bavariya Bavariya 5 : 1 Kyoln Kyoln

«Bavariya» Germaniya Bundesligasi tarixidagi bir mavsumdagi eng ko‘p gol urish rekordini yangiladi.

Vensan Kompani shogirdlari so‘nggi turda «Kyoln»ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi va mavsumdagi gollari sonini 122 taga yetkazdi.

Shu tariqa, myunxenliklar Bundesliga tarixidagi yangi rekord muallifiga aylandi.

Bundan tashqari, bu natija Yevropaning top-5 chempionatlari orasida ham 1947/48 yilgi mavsumdan buyon qayd etilgan eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi.

O‘shanda Italiyaning «Torino» klubi 40 uchrashuvda 125 ta gol urgandi.

«Bavariya» esa 122 ta golni atigi 34 o‘yinda urishga muvaffaq bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Kyoln Kyoln
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar