Live
9
O'zbek

Berardi «Milan»ga eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatorida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi

Futbol
3 may, 11:03
«Sassuolo» hujumchisi yana «rossoneri»ni ranjitdi.
Berardi «Milan»ga eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatorida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi
Foto: Getty Images
03.05.2026 FT Italiya A seriyasi Sassuolo Sassuolo 2 : 0 Milan Milan

«Sassuolo» hujumchisi Domeniko Berardi A Seriya tarixida «Milan» darvozasiga eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatorida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

U «Milan»ga qarshi bahsda 5-daqiqadayoq gol urib, o‘z statistikasini yaxshiladi va ushbu jamoa darvozasiga urilgan gollari sonini 12 taga yetkazdi.

Shu tariqa, Berardi A Seriya tarixida «Milan»ga eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egalladi. Undan yuqorida faqat Silvio Piola (22 gol) va Enriko Kyeza (14 gol) bor.

Qayd etilishicha, Berardining ushbu gollaridan to‘rttasi bitta o‘yinda kiritilgan — u 2013/2014-yilgi mavsumda «Milan»ga qarshi o‘yinda poker qayd etgandi.

Ma’lumot uchun, o‘sha bahsda «Sassuolo» 4:3 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sassuolo Sassuolo
  • Milan Milan
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar