Italiya chempionatining 35-turida «Milan» safarda «Sassuolo»ga imkoniyatni boy berdi. E'tiborli, Mehmonlar 24-daqiqadayoq kamchilikda qolishdi.
Allegri jamoasi 67 ochko bilan 3-o'rinda qoldi va chempionlik uchun imkoniyatni rasmiy yo'qotdi. «Sassuolo» esa ochkolarini 49 taga yetkazib, 9-pog'onaga ko'tarildi.
Agar bugun «Inter» «Parma» bilan durang o'ynasa ham, muddatidan avval skudetto masalasini hal qiladi.
A Seriya. 35-tur
Sassuolo — Milan 2:0
3 may, «Mapey»
Gollar: Berardi (5), Lorente (47).
Sassuolo — Turati, Valukevich, Idzes (Kulibali, 40), Muharramovich, Garsiya, Kone, Matich (Lipani, 46), Torstvedt, Berardi (Volpato, 59), Lorente (Fadera, 85), Nzola (Pinamonti, 46).
Milan — Menyan, Tomori, Gabbia, Pavlovich, Salamakers (Loftus-Chik, 59), Fofana (Pulishich, 59), Yashari (Richchi, 66), Rabio, Estupinan, Nkunku (Atekame, 46), Leau (Ximenes, 59).
Ogohlantirishlar: Tomori (9), Matich (38), Garsiya (57), Richchi (71), Loftus-Chik (77), Volpato (89).
Chetlatish: Tomori (24).