Myunxenning «Bavariya» klubi 2025/26 yilgi mavsumda Yevropaning top-5 ligalari tarixidagi eng sermahsul jamoalardan biriga aylanish arafasida turibdi.
Vensan Kompani shogirdlari Bundesliganing ushbu mavsumida 117 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu ko‘rsatkich bilan «Bavariya» Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari tarixidagi eng ko‘p gol urgan jamoalar reytingida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Reyting quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. «Torino» — 125 gol (A Seriya, 1947/48)
2. «Real» — 121 gol (La Liga, 2011/12)
3-4. «Real» — 118 gol (La Liga, 2014/15)
3-4. «Milan» — 118 gol (A Seriya, 1949/50)
5. «Bavariya» — 117 gol (Bundesliga, 2025/26)
Qayd etilishicha, myunxenliklar mavsumning so‘nggi turida «Kyoln»ga qarshi bahsdan keyin ushbu reytingda yanada yuqorilashi mumkin.
Eslatib o’tamiz, «Bavariya» — «Kyoln» uchrashuvi bugun, 16-may kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 18:30 da start oladi.