Live
9
O'zbek

A Seriya. "Yuventus" Turin derbisida g'alabani boy berdi, Vlahovichdan dubl (yakuniy jadval)

Futbol
24 may, 17:56
"Yuve" so'nggi 15 yilda ilk bor top-4 ga kirdi. Endi Spaletti jamoasi "Milan" kabi Yevropa Ligasida o'ynaydi.
A Seriya. "Yuventus" Turin derbisida g'alabani boy berdi, Vlahovichdan dubl (yakuniy jadval)
Foto: Getty Images
24.05.2026 FT Italiya A seriyasi Torino Torino 2 : 2 Yuventus Yuventus

Italiya chempionatida ham mavsum yakunlandi.

Muxlislarning tartibsizligi sabab kechroq boshlangan Turin derbisida "Yuventus" Vlahovichning dublidan so'ng ikki to'p farqi bilan oldinga o'tib olsa-da, g'alabani saqlab qololmadi.

Natiyada "keksa sinyora" so'nggi 15 yilda ilk bor top-4 ga kira olmadi. Spaletti jamoasi ochkolarini 69 taga etkazib, 6-o'rinni egalladi va "Milan" kabi Yevropa Ligasida o'ynaydigan bo'ldi. "Torino" (45) esa mavsumni 12-pog'onada tugatdi.

A Seriya. 38-turni
Torino — Yuventus 2:2

24 may. Turin. "Olimpiko"
Gollar: Kazadei (60), Adams (84) — Vlahovich (24, 54).

A Seriya yakuniy jadvali
Foto: Lega Serie A

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Torino Torino
  • Yuventus Yuventus
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar