Live
9
O'zbek

«Yuventus» va «Torino» o‘yini muxlislar to‘qnashuvi sabab kechiktirildi

Futbol
24 may, 15:59
Turin derbisi bir soat kechroq boshlandi.
«Yuventus» va «Torino» o‘yini muxlislar to‘qnashuvi sabab kechiktirildi
Foto: Getty Images
24.05.2026 FT Italiya A seriyasi Torino Torino 2 : 2 Yuventus Yuventus

A Seriyaning 38-turi doirasidagi «Torino» — «Yuventus» bahsi muxlislar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar sabab bir soatga kechiktirildi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, stadion yaqinida jamoalarning ultra muxlislari o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan. Holatni nazorat qilish uchun politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘lgan.

Turin derbisi «Olimpiko Grande Torino» stadionida bo‘lib o‘tmoqda.

Ma’lumot uchun, «Yuventus» A Seriya turnir jadvalida 68 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Chempionlar Ligasi zonasidan farq ikki ochkoni tashkil qilmoqda. «Torino» esa 44 ochko bilan 12-pog‘onada joylashgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Torino Torino
  • Yuventus Yuventus
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar