Live
9
O'zbek

Yildiz "Yuventus"da tarixiy natija qayd etdi

Futbol
22 mart, 00:00
Kenan Turin klubida 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar orasida A Seriyada 10 ta gol urgan ilk legionerga aylandi.
Yildiz "Yuventus"da tarixiy natija qayd etdi
Foto: Getty Images
21.03.2026 FT Italiya A seriyasi Yuventus Yuventus 1 : 1 Sassuolo Sassuolo

"Yuventus" futbolchisi Kenan Yildiz "Sassuolo"ga qarshi o'yin (1:1)da hisobni ochdi.

Shu tariqa, 20 yoshli turkiyalik futbolchi turinliklar tarixida 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar orasida A Seriyada 10 ta gol urgan ilk legionerga aylandi. Agar italyan futbolchilar ham hisobga olinsa, Yildiz ushbu ko'rsatkich bo'yicha "Yuventus" tarixida 7-futbolchi bo'ldi.

"Zebralar" safida A Seriyada 21 yoshgacha bo'lgan holda kamida 10 ta gol urgan so'nggi futbolchi Roberto Bettega bo'lgan (1970/71 mavsumda 13 ta gol). Qayd etish lozim, ayni vaqtda Turin klubi chempionatda 54 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Sassuolo Sassuolo
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar