Live
6
O'zbek

A Seriya. "Yuventus" Turinda "Sassuolo" bilan durang qayd etdi (videosharh)

Futbol
21 mart, 17:41
Spalletti jamoasi 5-o'rinda.
A Seriya. "Yuventus" Turinda "Sassuolo" bilan durang qayd etdi (videosharh)
Фото: Getty Images

Italiya chempionati 30-turnida "Yuventus" Turinda "Sassuolo" qabul qildi.

Bellashuv 1:1 hisobida yakuniga yetdi. Dastlab 14-daqiqada Kenan Yildiz hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limning 52-daqiqasida Pinamonti muvozanatni tikladi.

Natija Spalletti jamoasi ochkolari sonini 54 taga yetkazib, 5-o'rinda bormoqda. "Sassuolo" esa 39 ochko bilan 10-pog'onada.

A Seriya. 30-tur
Yuventus – Sassuolo 1:1
Gollar: Yildiz 14 – Pinamonti 52
Yuventus – Perin, Kalulu, Bremer, Kelli (Vlahovich, 79), Kambyazo, Lokatelli, Tyuram (Kompleyners, 62), Konseysau, Makkenni, Yildiz, Boga (Milik, 79).
Sassuolo – Murich, Valukievish, Idzes, Muharemovich, Garsiya, Kone, Vransh, Berardi, Volpato (Lipani, 69), Bakola (Lauriente, 68), Pinamonti.

Bugungi yangiliklar