Bugun
47
O'zbek

Tuhel: «Ispaniya yengilmasdek ko‘rinmoqda, ammo biz g‘alaba qozonmoqchimiz»

Futbol
14 noyabr, 23:00
    23
Angliya bosh murabbiyi Ispaniyaga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tuhel: «Ispaniya yengilmasdek ko‘rinmoqda, ammo biz g‘alaba qozonmoqchimiz»
Foto: Getty Images
15.11.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Ispaniya Ispaniya 2 : 3 Angliya Angliya

Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuhel Ispaniyaga qarshi Millatlar Ligasi doirasidagi uchrashuv oldidan jamoa tayyorgarligi haqida gapirdi.

«Bu jahon futbolidagi eng jiddiy sinovlardan biri. Ispaniya yengilmasdek ko‘rinmoqda. Ularda ajoyib seriya, o‘ziga xos o‘yin uslubi va g‘oliblik ruhiyati bor. Ular Yevropa va jahon chempionatlarida g‘olib bo‘lishdi.

Biz ularning seriyasiga barham berib, g‘alaba qozonishni istaymiz. Biz ham tayyormiz. O‘z imkoniyatlarimiz chegarasini sinash uchun ayni vaqt.

«Uembli»dagi birinchi bahsda g‘alabaga juda yaqin kelgandik. Ertaga ham maqsadimiz — raqibni mag‘lub etish», — dedi Tuhel.

Eslatib o‘tamiz, 26 sentabrda Ispaniya Angliyani 3:2 hisobida mag‘lub etgan. Jamoalarning navbatdagi uchrashuvi Madriddagi «Metropolitano» stadionida o‘tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 16 noyabrga o‘tar kechasi soat 00:45 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Angliya Angliya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

23 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar