La Liganing so'nggi turidan o'rin olgan "Atletik"ka qarshi o'yindan keyin "Real" vakillari jurnalistlar bilan muloqot qilishni istamadi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Alvaro Arbeloa shogirdlari mavsumning oxirgi bahsida "Atletik"ni 4:2 hisobida mag'lub etdi. Qayd etilishicha, bellashuvdan keyin na futbolchilar, na bosh murabbiy matbuot xodimlari bilan gaplashgan. Hatto an'anaviy matbuot anjumani ham rad etildi.
Eslatib o'tamiz, "Real" mavsumni sovrinsiz yakunladi. Yaqin vaqt ichida esa Arbeloa o'rnini Joze Mourinio egallashi kutilmoqda.