Vinisius Junior "Real"ning mavsumdagi so'nggi o'yinida ishtirok etmaydi.
Madrid klubining La Liga doirasida faqat bitta o'yini qolgan. Jamoa 23 may kuni 38-turda "Atletik"ni qabul qiladi.
ESPN Brasil xabar berishicha, "qirollik klubi" rahbariyati vingerni jamoadan ertaroq tark etishga ruxsat bergan, chunki "Real" endi chempionlik uchun kurashmayapti. 25 yoshli futbolchi Braziliya milliy jamoasi ixtiyoriga borib qo'shiladi va Jahon chempionati-2026ga tayyorgarlikni boshlaydi.
Bu mavsumda Vinisius La Ligada 36 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol urgan va 5 ta golga assistentlik qilgan.
Mundial 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada o'tkaziladi. Braziliya guruhda Marokash, Haiti va Shotlandiya milliy jamoalariga qarshi o'ynaydi.
"Real" Vinisiusni muddatidan avval Braziliya milliy jamoasiga qo'yib yubordi
Futbol
22 may, 01:20
25 yoshli vinger "Atletik"ka qarshi so'nggi tur o'yinini o'tkazib yuboradi.
Foto: Getty Images
23.05.2026
FT
Ispaniya La Ligasi
Real Madrid
4
:
2
Athletik