"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya grandi safidagi ilk ikki mavsumida barcha musobaqalarda jami 86 ta gol urdi (2024/2025 — 44 ta, 2025/2026 — 42 ta).
Bu orqali u Krishtianu Ronaldu qayd etgan natijani takrorladi. Portugaliyalik futbolchi ham "Real"dagi dastlabki ikki mavsumida 86 ta gol urgandi (2009/2010 — 33 ta, 2010/2011 — 53 ta).
Ushbu mavsum Mbappe "Real" safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 42 ta golga mualliflik qildi. Ular quyidagicha taqsimlangan: 25 ta — La Ligada, 15 ta — Chempionlar Ligasida va 2 ta — Ispaniya kubogida.
Fransiyalik futbolchi klub darajasidagi butun faoliyati davomida bu ko'rsatkichga yana ikki mavsumda erisha olgan: 2023/2024 yilgi mavsum "PSJ" safida 44 ta va "Real"dagi debyut yilida 44 ta gol urgan.
Avvalroq Peres OAVdagi chiqishlari tufayli Mbappe bilan uchrashishga qaror qilgani ma'lum qilingandi.