Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe La Liga doirasida «Real Ovedo» ustidan (2:0) g‘alaba qozonilgach, matbuotda bir nechta shov-shuvli bayonotlar berdi.
Mbappening so‘zlariga ko‘ra, Alvaro Arbeloa unga «Real» ro‘yxatida faqat to‘rtinchi hujumchi ekanligini aytgan. «Qirollik klubi»ning hozirgi murabbiyi keyinroq bunday gaplarni aytmaganligini ta’kidladi. Umuman olganda, Mbappe atrofida tinchlik yo‘qolgan – avvalgi o‘yinda muxlislar ham unga nisbatan hushtakbozlik qilishgandi.
The Touchline nashrining xabariga ko‘ra, Mbappening so‘zlaridan keyin klub prezidenti Florentino Peres futbolchi bilan shaxsan uchrashuv o‘tkazishga qaror qilgan.
Shu bilan birga, so‘nggi paytlarda Mbappe jamoadan uzoqlashib ketgani ta’kidlanmoqda – boshqa futbolchilar yulduz hujumchining bunday harakatini tushunmayapti.