Live
3
O'zbek

Alaba: «Sizlar doimo qalbimda qolasiz. Hala Madrid!»

Futbol
24 may, 01:00
Avstriyalik himoyachi klub muxlislari bilan xayrlashdi.
Alaba: «Sizlar doimo qalbimda qolasiz. Hala Madrid!»
Foto: Getty Images
23.05.2026 FT Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid 4 : 2 Athletik Athletik

«Real» futbolchisi David Alaba klub muxlislari bilan xayrlashdi.

Avstriyalik futbolchi La Liganing so‘nggi turida «Atletik»ka qarshi bahsningda 70-daqiqasida almashtirildi. Bellashuv «qaymoqranglilar»ning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Men uzun nutq tayyorlamaganman, biroz noqulay ahvoldaman. Bu yillar davomidagi qo‘llab-quvvatlashingiz uchun rahmat aytmoqchiman.

Og‘ir jarohatni boshdan kechirdim, shuning uchun kutganimdan kamroq o‘ynadim. Lekin siz doim men bilan birga bo‘ldingiz. Hammaga tashakkur. Sizlar doimo qalbimda qolasiz. Hala Madrid!»

Ma'lumot o‘rnida, 33 yoshli himoyachi 2021 yildan beri «Real» safida to‘p tepib kelaayotgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Athletik Athletik
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar