Ispaniya chempionati 38-turidan o'rin olgan bir qator bellashuvlar yakuniga yetdi. "Real" (86, 2-o'rin) Madridda "Atletik"ni (45, 12-o'rin) qabul qilib, 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Karvahal va Alaba jamoada oxirgi bahsini o'tkazishdi.
"Barselona" (94, 1-o'rin) mehmonda "Valensiya"ga (49, 8-o'rin) yutqazib qo'ydi. Levandovski kataloniyaliklar safidagi xayrlashuv bahsida gol urdi.
"Betis" (60, 5-o'rin) esa "Levante"ni (42, 16-o'rin) yengdi. "Selta" (54, 6-o'rin) esa "Sevilya"ni (43, 15-o'rin) minimal hisobda mag'lub etdi.
La Liga. 38-tur
Real — Atletik 4:2
Gollar: Gonsalo Garsiya 12, Bellingem 41, Mbappe 51, Dias 90 – Guruseta 45+1, Izeta 90+1
Real – Kurtua, Karvahal (Serrano, 82), Asensio, Alaba (Heysen, 70), Karreras, Valverde, Tiago, Bellingem (Seyballos, 74), Mastantuono (Dias, 74), Gonsalo Garsiya (Guler, 74), Mbappe.
Valensiya — Barselona 3:1
Gollar: Guerra 66, Rioxa 71, Rodriges 90+7 – Levandovski 61
Barselona – Shesni, Balde, Arauho (Espart, 46), Gavi, Bernal, Erik Garsiya (Kristensen, 62), Jerar Martin, Olmo (De Yong, 62), Ferran, Levandovski, Ferran, Reshford.
Betis — Levante 2:1
Gollar: Ezzalzowili 5, Fornals 68 – Espi 45+1
Selta — Sevilya 1:0
Gol: Moriba 51