O‘zbekiston kubogida B guruhida so‘nggi tur bahslari o‘tkazildi.
"Lokomotiv" (4) pley-off masalasini hal qilib bo‘lgan "G‘azalkent"ga (6) 5 ta gol urib, to‘plar nisbati bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi va pley-offga yo‘l oldi.
"Dinamo" (4) esa gollarga boy bellashuvda "Lochin"ni (3) mag‘lub etganiga qaramay, to‘plar nisbati bo‘yicha guruhda qolib ketdi.
Toshkentdagi o‘yinda Temurxo‘ja Abduxoliqov, Samarqandda esa Anvar Hojimirzayev het-trikka erishdi.
O‘zbekiston kubogi. 3-tur
B guruhi
G‘azalkent — Lokomotiv 1:5
Gollar: Abdurahmon Abdullayev (88, penalti) — Suhrob Nurulloyev (7), Temurxo‘ja Abduxoliqov (8, 53, 77), Muhriddin Zoirov (86).
Dinamo — Lochin 4:2
Gollar: Firdavs Abdurahmonov (17), Anvar Hojimirzayev (32, 51, 76) — Alizod To‘xtayev (86, 88).
O‘zbekiston kubogi. "Lokomotiv" "G‘azalkent"ga 5 ta gol urib pley-offga chiqdi, "Dinamo" guruhda qolib ketdi
Futbol
20 may, 11:00
B guruhida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Foto: Lokomotiv PFC
20.05.2026
FT
Oʻzbekiston Kubogi
Gazalkent
1
:
5
Lokomotiv Tashkent