Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman Kot-d’Ivuar qarshi bo'lajak o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Boshlang'ich tarkibni o'zgartirish uchun menda yaqqol sabablar yo'q. Lekin avval bu fikrni yaxshilab o'ylab ko'ramiz. O'z yondashuvimizni butunlay o'zgartirmoqchi emasmiz — tasodifiy to'p yo'qotishlarga yo'l qo'ymaslik va raqibning qarshi hujumlari paytida himoyalanish uchun to'g'ri pozitsiyalarni egallash maqsadida kichik tuzatishlar kiritilishi mumkin.
JCH-2026 saralashida va Afrika millatlar kubogida Kot-d’Ivuar doimo turli sxemalarda o'ynagan. Shuning uchun biz aniq nima kutishni bilmaymiz va turli xil ssenariylarga tayyorgarlik ko'rdik. Ular jismonan juda kuchli, bu esa bizga muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Ularning tezligi va yakka-yakka vaziyatlardagi o'yin sifati — bu ularning asosiy ustunliklari», — deya Nagelsmanning so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.