Bugun
36
O'zbek

Muhammadqodir Hamraliyev: “Lokomotiv” bilan oʻyinda ham gʻalabali seriyamizni davom ettirmoqchimiz»

Futbol
4 sentabr, 04:51
“Navbahor” himoyachisi Superliga 20-turidagi oʻyin oldidan oʻz fikrlarini bildirdi.
Muhammadqodir Hamraliyev: “Lokomotiv” bilan oʻyinda ham gʻalabali seriyamizni davom ettirmoqchimiz»
Foto: FC Navbahor
04.09.2026, 10:00 O‘zbekiston Superligasi Navbahor Namangan Navbahor Namangan - : - Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent

Superliganing 20-turidan oʻrin olgan “Navbahor” — “Lokomotiv” jamoalari oʻrtasidagi bahs arafasida “lochinlar”ning 25 yoshli himoyachisi Muhammadqodir Hamraliyev boʻlajak bellashuv haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Lokomotiv”ga qarshi kechadigan uchrashuv borasida toʻxtaladigan boʻlsam, boʻlajak raqibimiz xorijlik murabbiy boshqaruvida joriy mavsum oʻyinlarini yaxshi oʻtkazmoqda va turnir jadvalida ham yuqori oʻrinlarda bormoqda. Shu bois juma oqshomidagi oʻyinning keskin kurashlar ostida hamda murosasiz tarzda kechishi ehtimoli yuqori. Jamoamiz qatorasiga 6 ta bahsda zafar quchishga muvaffaq boʻldi va “temiryoʻlchilar” bilan boʻladigan oʻyinda ham mazkur yoqimli anʼana hamda gʻalabali seriyamizni davom ettirish niyatida maydonga tushamiz.

Oʻz uyingda devorlar ham yordam beradi, deyishganidek, Namangandagi uchrashuvlardagi muvaffaqiyatlarimizda muxlislarning qoʻllab-quvvatlashlari ham muhim omil boʻlmoqda.

“Lokomotiv”ga qarshi kechadigan boʻlajak oʻyinda ham ishqibozlar stadionni toʻldirgan holda, jamoamizni munosib tarzda qoʻllab, gʻalabamizga madadkor boʻlishadi, degan umiddaman. Biz esa ularning ishonchlarini oqlash uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz»,
— deya Hamraliyevning soʻzlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Maʼlumot uchun, oʻyin bugun — 4 sentyabr kuni Namanganda boʻlib oʻtadi va Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi. Ayni vaqtda “Navbahor” turnir jadvalida 37 ochko bilan 3-oʻrinni, “Lokomotiv” esa 31 ochko bilan 6-pogʻonani egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar