Live
10
O'zbek

Mourinio Vinisius haqida: «U avliyo emas, ammo unga qilinayotgan ishlar haddan oshib ketdi»

Futbol
23 avgust, 05:10
«Real» bosh murabbiyi «Espanyol» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Vinisius Juniorni qo‘llab-quvvatladi.
Mourinio Vinisius haqida: «U avliyo emas, ammo unga qilinayotgan ishlar haddan oshib ketdi»
Foto: Getty Images
22.08.2026 FT Ispaniya La Ligasi Espanyol Espanyol 1 : 2 Real Madrid Real Madrid

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio La Liga 2-turida «Espanyol» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so'ng Vinisius Junior haqida fikr bildirdi.

«Men bir necha oy avval Vinisiusga raqib bo‘lgan paytimdagi gaplarimni eslatib qo‘yishingiz mumkin. Endi esa Vini mening futbolchim. U avliyo emas, ammo unga qilinayotgan ishlar haddan oshib ketdi.

Birinchi daqiqadanoq shunday holat kuzatiladi. Bu bir raqibdan boshqasiga o‘tib, takrorlanmoqda. Avval bir futbolchi unga nisbatan qo‘pollik qiladi, keyin boshqasi. Agar kimdir buning uchun sariq kartochka olsa, keyingi futbolchi unga nisbatan qo‘pollik qiladi. Raqib maydonni tark etadi, uning o‘rniga boshqa futbolchi tushadi va u ham sariq kartochkasiz Vini bilan qo‘pollik qiladi.

U hissiyotlarini nazorat qila olishi kerak. Men unga gol urgan taqdirda, uni nishonlashda ehtiyotkor bo‘lishi kerakligini aytdim.

Biz bullingga qarshi kurash haqida ko‘p gapiriladigan davrda yashayapmiz, ammo Vini hanuz raqiblar va muxlislar tomonidan bosim va ta’qibga duch kelmoqda. Biz unga bunday provokatsiyalarga tayyor turish va vaziyatni to‘g‘ri boshqarish uchun imkon qadar ko‘proq tushuntirishimiz kerak. Barcha gap shunda», — dedi Mourinio.

Eslatib o‘tamiz, «Real»ning La Liga 1-turidagi «Real Sosyedad»ga qarshi bahsi 26 avgustga ko‘chirilgan. Madrid klubi navbatdagi turda 30 avgust kuni «Malaga»ga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Espanyol Espanyol
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar