"Real" futbolchisi Kilian Mbappe Madridga qaytdi, deb xabar bermoqda jurnalist Serxio Kirante.
Jarohatlangan tizzasini tekshirtirish uchun Parijga borgan hujumchi Ispaniya poytaxtiga qaytdi.
Ta'kidlanishicha, fransuz futbolchisi Madrid klubining fizioterapevtlari va ayrim "ishonchli shaxslar" hamrohligida kelgan.
Shuningdek, Mbappe bilan bir samolyotda ispan aktrisasi va modeli Ester Ekspozito ham uchib kelgan.
Avvalroq Kilian va aktrisa o'rtasida ishqiy munosabatlar borligi xabar berilgandi.