«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoa hozir qaysi bahsga ko‘proq e’tibor qaratayotgani haqida gapirdi.
«Nazariy jihatdan biz «Maynts»ga e’tibor qaratamiz, garchi chempionlikni allaqachon qo‘lga kiritgan bo‘lsak ham. Har bir o‘yinga tayyorgarlik bo‘yicha aniq rejamiz bor. Jarayonni o‘zgartirishni istamayman, chunki barcha o‘yinlar muhim. «PSJ» haqida keyinroq o‘ylashimiz mumkin», — dedi mutaxassis klub rasmiy saytiga.
Ma’lumot uchun, «Bavariya» 25-aprel kuni safarda «Maynts»ga qarshi bahs olib boradi. Oradan uch kun o‘tib esa myunxenliklar Chempionlar ligasi yarimfinali doirasida «PSJ» maydonida o‘ynaydi.