Live
3
O'zbek

«Bavariya» 19 o‘yindan beri yutqazmayapti

Futbol
25 aprel, 12:01
Kompani jamoasi superkambek qilib g‘alaba qozondi.
«Bavariya» 19 o‘yindan beri yutqazmayapti
Foto: Getty Images
25.04.2026 FT Bundesliga Germaniya Mayns Mayns 3 : 4 Bavariya Bavariya

Bundesliganing 31-turida «Bavariya» «Maynts» ustidan 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Myunxenliklar birinchi bo‘limdan so‘ng 0:3 hisobida ortda borayotgan edi, biroq ikkinchi taymda kambek amalga oshirdi.

Shu tariqa, Vensan Kompani jamoasi barcha musobaqalarda mag‘lubiyatsiz seriyasini 19 o‘yinga yetkazdi — 17 g‘alaba va 2 durang.

Qayd etish joiz, «Bavariya» oxirgi bor 24 yanvar kuni Bundesligada «Augsburg»ga qarshi bahsda (1:2) mag‘lub bo‘lgan.

Myunxenliklar 28 aprel kuni Chempionlar ligasi yarimfinalida «PSJ»ga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Mayns Mayns
  • Bavariya Bavariya
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar