«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn Bundesliganing 31-turida «Maynts»ga qarshi bahsda (4:3) gol urdi.
Shu tariqa, ingliz futbolchi ketma-ket yettinchi o‘yinda ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Uning ushbu mavsumdagi statistikasi 46 bahsda 54 golga yetdi.
Ma’lumot uchun, Keyn nemis klubi safida hozirgacha 3 ta titulni qo’lga kiritdi.