O'zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov "Dinamo" jamoasining bu yilgi natijalari pasayib ketgani sabablari haqida fikrini bildirdi.
"Superligada "Dinamo"ning 14-o'ringa tushib ketgani? O'zim uchun ham bu boradagi syurpriz – "Dinamo" bo'lyapti. Bu jamoaning ko'rsatayotgan futboli shunaqa chiroyliki, xuddi Ispaniya klublarining o'yinini ko'rayotgandek bo'ladi odam. Maza qilib dam oladi. "Andijon" "Dinamo" bilan o'yinda kamnebk qilib ketganiga hayronman. Chunki "Dinamo" Superligada ko'p klublarni to'psiz qoldiradi. O'ylaymanki, "Dinamo"dagi eng muammoli joyi – himoya chizig'i. Himoyada xatolari juda ham ko'p, e'tibor bering, hujumi ko'p gol urmoqda, himoyada esa xatolar ko'p. Hujumi bitta gol ursa, himoya ikkita gol o'tkazayapti. Hujumchilar 2ta gol ursa, himoya 3ta o'tkazyapti.
"Dinamo" o'zi yaxshi jamoa, muxlislari ham qaerda bo'lsa qo'llab-quvvatlaydi. O'yinchilari ham saviyasi bor futbolchilar, buni bemalol ayta olaman. Lekin himoyani to'g'rilash kerak deb o'ylayman. Chunki hujum yaxshi bo'lgani bilan himoya o'tkazib yuboraverisa, foydasi bo'lmaydi – 3 ochko ololmaysiz", - dedi Jaloliddin Masharipov Qobiljonov.Uz YouTube-kanalida podkastda.
Ma'lumot uchun, "Dinamo" 2025 yilgi mavsumda Superligada 4-o'rinni egallagan bo'lsa, kubok bahslarida yarimfinalgacha yetib borgandi. Bu mavsum esa Vadim Abramov shogirdlari 10 o'yinda 2ta g'alabaga erishib, turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda.
Avvalroq, klubda moliyaviy muammolar kuzatilayotgani, Samarqand viloyati mahalliy byudjeti hisobidan klubga 10 milliard so'm ajratilgani xabar qilingandi.