Live
5
O'zbek

De Zerbi: «Biz hali jamoa emasmiz»

Futbol
23 avgust, 05:19
«Tottenhem» bosh murabbiyi mavsumning dastlabki bahsidan keyin jamoaning hozirgi holatiga baho berdi.
De Zerbi: «Biz hali jamoa emasmiz»
Foto: Getty Images
22.08.2026 FT Angliya Premer-ligasi Brentford Brentford 3 : 0 Tottenhem Tottenhem

Roberto De Zerbi APL 1-turida «Brentford»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng «Tottenhem» hali to‘liq shakllangan jamoaga aylanmaganini ta’kidladi.

«Biz hali jamoa emasmiz. Buning ko‘plab sabablari bor.

O‘yindan oldingi matbuot anjumanida mendan maqsadimiz nima ekanini so‘raganingizda, men jamoaga aylanganimizdan keyingina maqsadni belgilashimiz mumkinligini aytgandim. Jamoaga aylanishdan oldin nimalarga qodir ekanimizni ayta olmaymiz», — dedi De Zerbi.

Eslatib o‘tamiz, «Tottenhem» APLning 1-turida safarda «Brentford»ga 0:3 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. Londonliklar uchrashuv davomida jamoaviy harakat va jismoniy tayyorgarlik borasida muammolarga duch kelgan.

Shuningdek, yozgi transferlar vaqtida tarkib sezilarli darajada yangilandi va bir nechta yangi futbolchilar «Brentford»ga qarshi bahsda debyut qildi. Shu sabab De Zerbi jamoaning bir-biriga moslashishi uchun vaqt kerakligini ta’kidlamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brentford Brentford
  • Tottenhem Tottenhem
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar