Live
5
O'zbek

«Barselona» mavsumdagi ilk o‘yin uchun qaydnomasini e’lon qildi

Futbol
23 avgust, 05:48
Rodri kataloniyaliklar qaydnomasidan joy olmadi.
«Barselona» mavsumdagi ilk o‘yin uchun qaydnomasini e’lon qildi
Foto: Getty Images
23.08.2026, 15:30 Ispaniya La Ligasi Elche Elche - : - Barselona Barselona

«Barselona» yangi mavsumdagi ilk bellashuv — La Liga 2-turida «Elche»ga qarshi bahs uchun qaydnomani e’lon qildi. Bosh murabbiy Hans-Diter Flik uchrashuvga 23 nafar futbolchini jalb qilgan.

Darvozabonlar: Joan Garsiya, Shesni, Aller.

Himoyachilar: Kanselu, Kubarsi, Kristensen, Martin, Kunde, Erik Garsiya, Kortes, Espart, Pesker.

Yarimhimoyachilar: Gavi, Lopes, Pedri, Olmo, Bernal, Farinyas.

Hujumchilar: Lamin Yamal, Rafinya, Adeyemi, Gordon, Abdelkarim.

Qaydnomada jamoaning yangi futbolchisi Rodri yo‘q. Avvalroq Flik ispaniyalik yarimhimoyachi mavsumning dastlabki bahsiga to‘liq tayyor emasligini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Rodri yozgi transferlar vaqtida «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o‘tgandi. U klub bilan shartnoma imzolaganidan keyin jamoaviy mashg‘ulotlarga kechroq qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Elche» — «Barselona» uchrashuvi bugun, 23 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Elche Elche
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar