Live
5
O'zbek

«Barselona» Portugaliya milliy jamoasi himoyachisiga qiziqmoqda

Futbol
23 avgust, 05:36
Kataloniyaliklar «Sporting» markaziy himoyachisini tarkibni ehtimoliy ketishlarga tayyorlash uchun ko‘rib chiqmoqda.
«Barselona» Portugaliya milliy jamoasi himoyachisiga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

«Barselona» Portugaliya milliy jamoasi va «Sporting» himoyachisi Gonsalu Inasuga qiziqish bildirmoqda. Mundo Deportivo Now Canal manbasiga tayanib xabar berishicha, kataloniyaliklar 24 yoshli futbolchini Jyul Kunde va Aleks Balde klubni tark etishi ehtimoliga qarshi variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Inasuning «Sporting» bilan shartnomasida futbolchini 60 million yevroga qo‘lga kiritish imkonini beruvchi tovon puli belgilangan. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Portugaliya milliy jamoasi safida Inasu 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. O‘tgan mavsumda esa «Sporting» tarkibida barcha turnirlarda 46 ta bahs o‘tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Sporting CP Sporting CP
  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar