Live
5
O'zbek

O‘zbekistonlik yosh dzyudochilar jahon chempionatini kuchli uchlikda yakunladi

Boshqa sportlar
23 avgust, 05:30
O‘zbekiston dzyudo jamoasi jami 6 ta medalga ega chiqdi.
O‘zbekistonlik yosh dzyudochilar jahon chempionatini kuchli uchlikda yakunladi
Foto: Getty Images

Ekvadorning Guayakil shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yakkalik bahslari yakunlandi. Musobaqaning so‘nggi kunida finalgacha yetib borgan hamyurtimiz Jo‘rabek Eshpo‘latov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston dzyudo milliy jamoasi yakkalik bahslarini 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza — jami 6 ta medal bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikda yakunladi.

Barcha g‘olib va sovrindorlar:

Oltin medal:
-40 kg: Iroda Sirojiddinova

Kumush medal:
-90 kg: Jo‘rabek Eshpo‘latov

Bronza medallar:
-55 kg: Bobur Yusupov
-73 kg: Behruzbek Usmonov
-44 kg: Alina Kolyucheva
-48 kg: Charos Hikmatova

Bugun musobaqada aralash jamoaviy dastur bahslari o‘tkaziladi.

Bugungi yangiliklar