Kristofer Nkunku yaqin vaqt ichida «Leyptsig»ga qaytishi mumkin. Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, 28 yoshli hujumchi Germaniya klubiga o‘tishga rozilik bergan.
Endi «Leyptsig» «Milan» bilan muzokaralarni faollashtirgan. Tomonlar ko‘rib chiqayotgan kelishuv formulasi ijara va keyinchalik futbolchini sotib olish huquqini o‘z ichiga oladi.
Manbaga ko‘ra, bonuslarni hisobga olgan holda transferning umumiy qiymati 33–35 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Nkunku 2019–2023 yillarda «Leyptsig» safida to‘p tepgan. U ushbu davrda 172 ta uchrashuvda maydonga tushib, 70 ta gol urgan va 56 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, Nkunku 2023 yilda «Leyptsig»ni tark etib, «Chelsi»ga o‘tgandi.