Live
5
O'zbek

Holand muxlislarni hayratda qoldirdi — u sochini kalta qildirdi

Futbol
23 avgust, 06:04
«Shaharliklar» hujumchisi yangi mavsum oldidan imidjini keskin o‘zgartirdi.
Holand muxlislarni hayratda qoldirdi — u sochini kalta qildirdi
Foto: Getty Images
23.08.2026, 09:00 Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti - : - Bornmut Bornmut

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand yangi mavsum oldidan tashqi ko‘rinishini o‘zgartirdi. Norvegiyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda kalta soch turmagidagi suratlarini e’lon qildi.

«Yangi mavsum — yangi soch turmagi», — deb yozdi Holand surat ostida.

Futbolchining yangi imiji muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘pchilik Holandning odatdagi uzun sochlaridan voz kechganiga hayron bo‘ldi.

Keyinroq hujumchi ingliz tilidagi qofiyali so‘z o‘yinidan foydalangan holda yana bir post qoldirdi: «Short hair, don’t care» — «Soch kalta, tashvish esa yo‘q».

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» APLning 1-turida bugun, 23 avgust kuni «Bornmut»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Bornmut Bornmut
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar