Live
5
O'zbek

«Lans» 1958 yildan buyon ilk marta Liga 1 dastlabki o‘yinida 5 ta gol urdi

Futbol
23 avgust, 05:33
O‘shanda Lans shahri klubiga «Strasburg» jamoasi qarshilik qilgan.
«Lans» 1958 yildan buyon ilk marta Liga 1 dastlabki o‘yinida 5 ta gol urdi
Foto: Gettyimages

Fransiya vitse-chempioni, shuningdek, mamlakat Kubogi va Superkubogi sohibi sifatida harakat qilayotgan «Lans» chempionatning yangi mavsumini ham munosib boshladi va «Oser» darvozasiga 5 ta to‘p kiritdi. Bu «Lans»ning XXI asrdagi ilk tur doirasidagi eng yirik g‘alabasi bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «konchilar» 1958-yildan beri ilk bor Fransiya chempionatining ochilish o‘yinida shu qadar ko‘p gol urishgan ekan. O‘shanda ular «Strasburg» darvozasiga naq 6 ta gol urgan edi.

Qizig‘i shundaki, «Lans» Liga 1 dagi navbatdagi bellashuvini aynan «Strasburg»ga qarshi o‘tkazadi. Bu bahs keyingi hafta, 29-avgust, shanba kuni safarda bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lens Lens
Bugungi yangiliklar