"Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola "Chelsi"dan iste'foga chiqarilgan Liam Roseniор o'rniga asosiy nomzod hisoblanmoqda. Bu haqda TalkSPORT nashri xabar berdi.
Ehtimoliy nomzodlar ro'yxatida "Nyukasl"dan Eddi Hau, "Portu"ni boshqarayotgan Franchesko Farioli, shuningdek Filipe Luis va Edin Terzich ham bor. Biroq Iraola yozda doimiy ravishda tayinlanishi mumkin bo'lgan asosiy variant sifatida ko'rilmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis mavsum yakunida hozirgi klubini tark etishini allaqachon e'lon qilgan. Avvalroq u "Kristal Pэlas" taklifini rad etgandi.