Bu haqda Sku Sports xabar berdi.
Avvaliga London klubi Iraolani jamoa ustozi Oliver Glasnerga o‘rinbosarlar ichida ustuvor maqsad sifatida ko‘rayotgandi. Avstriyalik mutaxassis mavsum oxirida shartnomasi yakuniga yetib, «Selherst Park»ni tark etadi. Iraolaning ham yozda shartnomasi muddati yakuniga yetishi kutilmoqda, lekin «Kristal Pelas» undan umidini uzdi. Xabar berishlaricha, Iraola «Bornmut» bilan yangi bitim imzolash niyatida. Bundan tashqari, mutaxassis Bilbaoning «Atletik» jamoasidan bo‘lgan taklifni ham rad etgan. Ispan klubidan Ernesto Valverde ketgach, bosh murabbiy o‘rni bo‘shab qolgandi.
Andoni mavsum oxirida yakuniy qarorga keladi — faqatgina top klubning taklifigina uni fikrini o‘zgartirib yuborishi mumkin.